Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy madaniy inqilobida propaganda bannerlari qanday rol o‘ynagan? (fotojamlanma)
O‘tgan asrning 60-70 yillarida Xitoyda ro‘y bergan yirik madaniy inqilob davrida o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun turli posterlardan propaganda vositasi sifatida unumli foydalanilgan.
Madaniy inqilob nima o‘zi?
1966 yil 16 mayda Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi yetakchisi Mao Tszedun g‘oyalari aks etgan murojaatni e’lon qildi. Ayni shu paytdan boshlab Xitoyda yirik proletar madaniy inqilob boshlangan deb hisoblanadi. Va u to Mao Tszedun 1976 yil 9 sentabrda vafot etguniga qadar davom etadi. Madaniy inqilob 10 yil davom etgan bo‘lsa-da, uning asosiy xunrezliklari dastlabki bir necha yil ichida sodir bo‘ladi.
Inqilobdan maqsad kommunistik inqilob ruhini yangilash, kapitalistik qarashga ega va Maodan farqli ravishda iqtisodiy tiklanish yo‘lini tanlaganlardan mamlakatni tozalashdan iborat edi.
Dastlab, Mao Tszedun ta’lim tashkilotlariga e’tibor qaratadi va o‘ziga sadoqatli shahar yoshlaridan iborat Qizil gvardiya tashkil qiladi. Ular yetarlicha inqilobiy bo‘lmaganlarni, burjuacha qarashga ega bo‘lmaganlarni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan. Qizil gvardiyaning xatti-harakatlari qattiq nazorat qilinmagan, oqibatda gvardiyachilar anarxiya va terrorga olib boradigan ishlarni qilishadi: an’analarga sodiqlar, intellektuallar, ziyolilar shubhali shaxslar sifatida topilib, ta’qibga uchraydi, qatl qilinadi. Revolyutsiyaning shafqatsizliklari ancha davom etgan bo‘lsa-da, Qizil gvardiya amaldorlar tomonidan ertaroq jilovlab olinadi.
Inqilob 1976 yil kuzida Mao Tszedun vafoti va «To‘rtlik to‘dasi» vafotidan keyin tugadi. Yirik proletar madaniy inqilob Xitoyda ko‘plab odamlar (tarixchilarga ko‘ra, 500 mingdan 2 mlngacha bo‘lishi mumkin) vafot etishiga, millionlab odamlar yashash joyini o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi, mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqaradi. Lekin maqsad qilinganidek, kommunizmni mustahkamlashga erishilmaydi.
Posterlarda aks etgan g‘oyalar
Inqilob davrida g‘oyalarni posterlar orqali singdirishga alohida ahamiyat qaratilgan va ulardan faol foydalanilgan. Posterlar turli shiorlar bilan ommaga namoyish qilingan.
Mavzuga oid
18:28 / 01.04.2026
Xitoy asoschisi Mao haqidagi muhim ma’lumotlar aks etgan hujjatlar AQSh hududida qoladi
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
20:32 / 31.03.2026
Xitoy qanday qilib kollektiv G‘arbni o‘ziga qaram qilib qo‘ydi?
18:27 / 31.03.2026