Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShga Patriot tizimini sotib olish taklifi bilan chiqdi
Turkiya AQShga Anqaraga Patriot raketaga qarshi mudofaa tizimini sotish taklifi bilan chiqdi, deb ma'lum qildi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu.
"Turkiya AQSh hali ham bizning ittifoqchimiz ekanligiga va biz ham avvalgidek uning ittifoqchisi bo‘lib qolganimizga ishonadi. Rossiya bilan S-400 sotib olish bo‘yicha kelishuvimizni hech kim bekor qilolmaydi. Rossiyaning taklifi foydaliroq edi va biz buni qabul qildik. Hozirda AQShdan Patriot tizimini sotib olishga tayyormiz, ularning javobini kutyapmiz", - dedi Chovusho‘g‘lu.
U S-400 yetkazib berilgani uchun AQSh tomonidan sanksiya qabul qilingudek bo‘lsa, Turkiya bunga javob qaytarishga majbur bo‘lishini aytdi.
Avvalroq Chovusho‘g‘lu Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olgani uchun AQSh sanksiya joriy etadigan bo‘lsa, Turkiya amerikalik harbiylar uchun o‘zining Injirlik aviabazasini yopish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyorligini aytgandi.
Mavzuga oid
14:47 / 02.01.2026
Germaniya tomonidan to‘langan ikki Patriot ZRK Ukrainaga yetkazildi
08:23 / 10.11.2025
Zelenskiy: Yevropa Kiyevga Patriot ZRKni vaqtincha berib turishi mumkin
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
21:47 / 06.10.2025