Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyotga ajratilgan mablag‘ joylarga borganda o‘zlashtirib yuborilmoqda - prezident sohadagi asosiy muammo haqida
Tibbiyot sohasiga bag‘ishlangan videoselektorda respublikadan ajratilayotgan mablag‘lar to‘g‘ri sarflanmayotganini tanqid qilindi.
Aholi jon boshiga dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘ uch baravarga ko‘paytiriladi. Bu haqda tibbiyot yo‘nalishidagi vazifalar ijrosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda ma'lum qilindi.
Birlamchi tibbiyot muassasalarini dori va tibbiyot vositalari bilan qo‘shimcha ta'minlashga joriy yil investitsiya loyihalarini optimizatsiyasi hisobidan 165 milliard so‘m ajratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu borada tibbiyotdagi korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borish lozimligini ta'kidlagan.
«Biz budjetdan tibbiy xizmat uchun pul ajratyapmiz, ammo bu mablag‘ joylarga borganda korrupsiya tufayli o‘zlashtirilib ketyapti. Nima uchun shu muammoni hal qila olmayapmiz?
Axir paxta degan oyog‘imizga kishan bo‘lib turgan narsadan qutuldik-ku, majburiy mehnatni yo‘q qildik. Nima uchun tibbiyot ham tartibga olinmayapti?» deya davlat rahbarining so‘zlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanishicha, bir hafta muddat ichida investitsiya loyihalarini maqbullashtirish hisobiga har bir viloyat kesimida iqtisod qilinadigan mablag‘lar aniqlanadi.
Buning evaziga, birlamchi tibbiyot muassasalarida aholi jon boshiga dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘ 3 baravarga ko‘payadi (5 mingdan 15 ming so‘mga).
Mavzuga oid
17:40 / 27.01.2026
Toshkentda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha «poytaxt namunasi» joriy etiladi
16:33 / 27.01.2026
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
13:38 / 27.01.2026
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zufar Qurbonov tanqidga uchradi
13:20 / 27.01.2026