Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Islom moliyalashtirish usuli bilan obligatsiyalar muomalaga chiqariladi
Toriq Malaik boshchiligidagi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom hamkorligi delegatsiyasi O‘zbekistonda Islom moliyalashtirishi tamoyili asosida ish boshlashni taklif qilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
9 aprel kuni Kapital bozorini rivojlantirish agentligida O‘zbekiston va Saudiya Arabiston vakillari uchrashuvida bu masalalar muhokama etilgan.
«Suquq va kapital bozori» dasturiga muvofiq, rivojlanayotgan davlatlarda Islom moliyalashtirish tamoyili asosida hamkorlik qilishga qiziqish bildirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori bilan muloqotda jamoaviy va munitsipal obligatsiyalarni muomalaga chiqarish muhokama etildi», — deyiladi agentlik axborotida.
Ta'kidlanishicha, agentlik rahbari Otabek Nazirov mahalliy valutada chiqarilishi loyihalashtirilayotgan obligatsiyalar xorijiy valuta bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni kamaytirishini bildirgan.
Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan mehmon uchrashuv yakunida O‘zbekistonga texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
Mavzuga oid
15:49 / 13.07.2021
O‘zbekistonning 635 mln dollar va 2,5 trln so‘mlik xalqaro obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi
17:34 / 17.11.2020
Moliya vazirligi London fond birjasiga suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirmoqda
12:03 / 23.07.2020
Mas'uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqi berildi
10:34 / 30.08.2019