Özbekistonning navbatdagi xalqaro obligatsiyalari ikki tranşda – 635 mln AQŞ dollari va 2,5 trln söm miqdorida London fond birjasida joylaştirildi.
Moliya vazirligi xabariga köra, qimmatli qoğozlar AQŞ dollarida 3,9 foiz kupon bilan 10 yil muddatga, özbek sömida 14 foiz kupon bilan 3 yil muddatga çiqarildi.
Qayd etilişiça, mazkur xalqaro obligatsiyalardan tuşgan mablağlar Barqaror rivojlaniş maqsadlarini (BRM) moliyalaştiriş va davlat budjeti defitsitini qoplaş uçun yönaltiriladi. Xususan, 2021 yilgi davlat budjeti taqçilligini qoplaş uçun 2,2 mlrd dollar davlat qarzi jalb qilinişi közda tutilgan.
Manbada milliy valutadagi xalqaro obligatsiyalar respublikaning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini moliyalaştiriş uçun işlab çiqilgan BRM obligatsiyalari dasturi doirasida çiqarildi.
Avvalroq, Özbekiston ikki tranşda 870 mln dollar ekvivalentida yevrobondlar çiqarişi xabar qilingandi. Şuningdek, respublikaning navbatdagi suveren obligatsiyalari jahon bozoriga milliy valutada çiqarilişi bildirilgan.











