AQŞ prezidenti ma'muriyati Xitoydan bir asr avval çiqarilgan davlat obligatsiyalari böyiça qarzni undiriş imkoniyatini körib çiqmoqda. Uşbu obligatsiyalar Xitoy imperatorlar tomonidan boşqarilgan vaqtda çiqarilgan. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Gap Xitoy imperiyasi tomonidan çiqarilgan, biroq Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan tan olinmagan qimmatbaho qoğozlar haqida bormoqda. Ta'kidlanişiça, Donald Tramp uşbu masalani Xitoy bilan savdo uruşida “qurol” sifatida qöllaşi mumkin. 

Pekinda Vaşingtonning uşbu rejalaridan xabardorlar, biroq uni amalga oşiriş ilojsiz deb hisoblaşmoqda.

Ta'kidlanişiça, Tramp bunday obligatsiyalar egalari bilan uçraşgan. Ular Xitoydan qarz undirilişini qöllab-quvvatlaşmoqda.  

Xitoy imperiyasi obligatsiyalarini çiqarişdan asosiy maqsad mamlakatda temir yöl qurilişi uçun mablağlar jalb qilişdan iborat bölgan.

Obligatsiyalarning katta qismi amerikalik kolleksionerlarda saqlanib, ularni onlayn-auksionlarda sotib oliş mumkin.

Xitoy obligatsiyalari egalari jamğarmasi asosçilaridan birining hisob-kitobiga köra, inflatsiya, foizlar va kompensatsiyalar hisobga olinsa obligatsiyalar böyiça tölovlar summasi trillion dollardan köproqni taşkil qiladi.

Xitoy inqilobgaça hukumat qarzlarini tan olmasligini va ularni qaytarmasligini aytib keladi.