Özbekiston prezidenti mas'uliyati çeklangan jamiyatlarga obligatsiyalar çiqariş huquqini berişni nazarda tutuvçi qonunni imzoladi. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, joriy yilning 22 iyul kuni Özbekiston prezidenti “Qimmatli qoğozlar bozori töğrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi va boşqa bir qator qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi.

Uşbu qonunning qabul qilinişi obligatsiyalar çiqariş talablarini sezilarli darajada yengillaştirdi va mas'uliyati çeklangan jamiyatlarga bank kreditlariga muqobil sifatida korporativ obligatsiyalar çiqariş orqali moliyalaştirişni jalb qiliş uçun yangi imkoniyatlarni oçib berdi. 

Bildirilişiça, mazkur çeklovlar sönggi yillarda muomaladagi korporativ obligatsiyalar soni va hajmining keskin kamayişiga sabab bölgan.

Qonunning qabul qilinişi mamlakatda biznes yuritiş muhitini yanada yaxşilaş, respublika iqtisodiyotiga aholi va investorlar böş mablağlarini keng va faol jalb qiliş, şu tariqa real sektor korxonalarining davlat kafolati va bank kreditlariga boğliqligini (bank sektoriga yuk kamayadi), şuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini kamaytiriş imkonini beradi, deyiladi xabarda.