Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarini London fond birjasida joylaştirilişi haqida e'lon qildi.

Suveren xalqaro obligatsiyalarning joylaştirilişini samarali taşkil etiş maqsadida xalqaro investitsion banklar va yuridik firmalarga öz takliflari böyiça sörovnomalar (request of proposals) yuborilgan va raqobatli tanlov asosida quyidagi bank-anderrayterlar, qöşma bukrannerlar va yuridik konsultantlar tanlab olingan:

bank-anderrayterlar – Siti(AQŞ), J.P. Morgan Şase (AQŞ), Societe Generale (Fransiya), VTB Capital (Rossiya) va «Gazprombank» (Rossiya);

yuridik konsultant – White & Case LLP (Buyuk Britaniya).

Şu bilan birga, Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalarni muomalaga çiqariş böyiça barça zaruriy çora-tadbirlar, jumladan emissiya prospekti va boşqa yuridik hujjatlar tayyorlangan.

Kun davomida «roud-şou» (Road-show) tadbiri doirasida xalqaro investorlar uçun telekonferensiya (Global Investor Call) ötkaziş rejalaştirilgan va unda AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Daniya va Şveytsariya kabi mamlakatlardan xalqaro investorlar iştirok etişi kutilmoqda. Şuningdek, 17-18 noyabr kunlari xalqaro investorlar bilan «yakkama-yakka» (one-on-one) formatida telekonferensiyalar bölib ötadi.

Telekonferensiya davomida xalqaro investorlarga Özbekistonning joriy makroiqtisodiy körsatkiçlari, pandemiya şaroitida barqarorlikni ta'minlaş böyiça amalga oşirilgan çora-tadbirlar, uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanişga qaratilgan tizimli va institutsional islohotlar, davlat korxonalari va bank sektorini isloh qiliş va xususiylaştiriş istiqbollari böyiça taqdimot qilinmoqda.

Joriy yilning 19 noyabr kuni jahon moliya bozoridagi vaziyatni inobatga olgan holda suveren xalqaro obligatsiyalarni joylaştiriş böyiça qaror qilinadi.

Qöşimça ma'lumot tranzaksiya jarayonida taqdim etib boriladi.