O‘zbekiston | 10:31 / 15.11.2024
4213
2 daqiqa o‘qiladi

Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi

Xorazmdagi «Urganch - Xonqa - Hazorasp - Toshsoqa - Amudaryo - A380» avtoyo‘li rekonstruksiyasi uchun 294 mln dollar mablag‘ sarflanadi. 

Foto: Jo‘qorg‘i Kenges

D213 «Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380» avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasi 294,1 million dollarga baholanmoqda

Prezidentning 13 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, yo‘lning bir qismi (0−81 km) rekonstruksiya qilinadi.

Loyihani amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 18 yil muddatga, to‘rt yillik imtiyozli davr bilan 238 million dollar miqdorida kredit jalb etildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2041 yil noyabrigacha O‘zbekiston bankka asosiy qarz va foizlar uchun 382,68 million dollar to‘lashi kerak.

Uning realizatsiyasi 2 yillik kafolat muddati bilan 5 yilni (2024−2029) tashkil etadi.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xarajatlarni 32,7 million dollargacha optimallashtirish imkoniyati aniqlangan. Mazkur mablag‘ Xorazm viloyatidagi D217 «Urganch — Gurlan — Mang‘it — Turkmaniston Respublikasi chegarasi» avtomobil yo‘lining 5 — 75 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish loyihasiga yo‘naltiriladi.

Prezident loyihaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va YeTTB krediti bo‘yicha prognoz to‘lov jadvalini tasdiqladi.

Xorazm viloyati hokimligiga qo‘mita bilan birgalikda yashil hududlarni tashkil etish maqsadida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘llarining yo‘lbo‘yi hududlarida iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda 30 ming tup manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekishni ta’minlash topshirildi.

Mavzuga oid