Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 75 tadan maktab va bog‘cha yetishmayapti
Prezident hokimlarga ularning qurilishiga mablag‘ jalb qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida tuman hokimlari endilikda o‘zlari mablag‘ jalb qilib, har yili bittadan maktab, bog‘cha va sport obektini qurishi kerak bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahrida 75 tadan maktab va bog‘cha, 23 ta sport obektiga ehtiyoj bor.
«Tuman hokimlari o‘zlari mablag‘ jalb qilib, har yili 1 tadan maktab, bog‘cha va sport obektini qurishi, qolgan 15 tadan maktab va bog‘cha hamda 11 ta sport obekti investitsiya dasturi doirasida qurib berilishi belgilandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga chetdan davlat kafolatisiz yana 300 million dollar jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.
Shu yildan Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha «Toshkent tajribasi» boshlandi. Ya’ni 7-11 sinfdagi 1,5 ming o‘quvchi saralanib, ularni AT, tibbiyot, biznes, muhandislik kabi yo‘nalishlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lanyapti.
Bu tajribani kengaytirib, bunday maktablar sonini kelasi yili 24 taga, 2027 yilda 33 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
13:22 / 09.03.2026