Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akbar Toshqulov adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazir bo‘ldi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Akbar Jo‘raboyevich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Akbar Toshqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» unvoni bilan taqdirlangan.
U o‘z mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
Akbar Toshqulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2005-2013 yillarda Surxondaryo viloyat, 2013-2017 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmalari boshlig‘i, 2017-2021 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2021 yil 10 dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangandi.
- 15 noyabr kuni 2017 yildan buyon Adliya vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.