A.Toşqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan, ma'lumoti oliy, 1994 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi, “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yurist” unvoni sohibi.

U öz mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boşqarmasining katta maslahatçisi lavozimidan boşlagan.

Akbar Toşqulov adliya organlari tizimida turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bölib, 2017 yil aprel oyidan boşlab adliya vaziri örinbosari sifatida işlab kelayotgan edi.

Yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov şu yilning iyunida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining fan va innovatsiyalar böyiça örinbosari etib tayinlangandi. Şundan buyon universitetda rektorlik lavozimi vakant bölib qolmoqda.