Iqtisodiyot | 16:40 / 01.02.2023
30005
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

OKMK: yanvar oyida eksport rejasi 131% ga bajarildi

Foto: OKMK

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yilning yanvar oyi eksport rejasini 131% ga bajardi. Aytish joizki, OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Polsha, Tojikiston, Niderlandiya, Xitoy kabi davlatlarga eksport qilinmoqda. Shuningdek, kombinat mahsulotlari yangi bozorlarga xususan, Senegal, JAR, Avstriya, Ispaniya, Finlandiya va Singapur kabi davlatlarga ham mahsulotlar yuborilmoqda.

Foto: OKMK

Joriy yilning yanvar oyida 45,1 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 29,1 mln dollarlik mis mahsulotlari (3,4 ming tonna), 6,6 mln dollarlik rux metali (2,1 ming tonna) va 9,4 mln dollarlik boshqa turdagi mahsulotlar eksport qilindi.

Foto: OKMK

E’tiborlisi, Niderlandiya davlatiga 8,8 mln dollarlik (126 tonna) molibden mahsulotlari eksporti amalga oshirildi, bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 180% ni tashkil etdi. 

Foto: OKMK

So‘nggi paytlarda nodir metallar, molibden va volfram mahsulotlariga dunyo bozorida talab ortib bormoqda. Bunda kombinatning Samarqand viloyatida joylashgan Ingichka konidagi texnogen chiqindilaridan volfram metalini olishni boshlagani muhim ahamiyat kasb etadi.

Foto: OKMK

OKMK Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid