Kun.uz xalqaro jurnalistlarning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiya haqida xabar beriş loyihasi doirasida örganilgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 200 mln dollarlik şubhali tenderlari haqidagi suriştiruvni e’lon qilgandi. OKMK axborot xizmati vaziyatga izoh berdi. 

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan uşbu davlat xaridlari şartnomalari böyiça xizmat tekşiruvi ötkazildi. Kombinat 2021 yildan buyon belgilangan tartibda barça davlat xaridlarini maxsus elektron platforma orqali amalga oşiradi. Ya’ni elektron savdolar inson omilisiz bajariladi.

Maqolada qayd etilgan 10 ta import kontraktlarning hammasi tender va tanlov usullarida Özbekiston Respublikasi tovar va xomaşyo birjasining şaffof va oçiq etender.uzex.uz maxsus elektron portalida e’lon qilinib, oçiq raqobat asosida amalga oşirilgan”, deyiladi kombinat izohida.

Qayd etilişiça, suriştiruvda nomi keltirilgan kompaniyalar bilan töğridan töğri şartnomalar tuzilmagan. Import böyiça har bir lotda eng arzon narx taklifi avtomatik ravişda ğolib deb topilgan.

“Tanlov/tender iştirokçilarida affillanganlik holatlari elektron portal orqali avtomatik tarzda tekşirilgan va affillanganlik holatlari tasdiqlanmagan.

Tanlov/tender ğoliblari tomonidan tovarlar töliq hajmda, şartnomada belgilangan sifat körsatkiçlarida va eng asosiysi – kontraktda körsatilgan muddatda kombinat omborlariga yetkazib berilgan. Yetkazib berilgan barça tovarlar nomi, tasnifi, sifati va son körsatkiçlari böyiça kombinat tomonidan tekşirilib, maxsus komissiya iştirokida qabul qilib olingan.

Ta’kidlaş joizki, uşbu şartnomalar kombinat manfaatlariga zarar yetkazmagan va davlat xaridlari jarayonida qonunbuziliş holatlari sodir etilmagan”, deyiladi OKMK rasmiy munosabatida.