Jamiyat | 16:54 / 12.09.2018
10167
4 daqiqa o‘qiladi

«Vatanparvar» tashkilotining Qarshidagi avtomobil maktabida yangi chaqirilganlarni qabul qilish tadbiri o‘tkazildi

2018 yilning 12 sentabr kuni O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qarshi avtomobil maktabida II-oqim chaqiriluvchilarini qabul qilish va ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning 12 sentabr kuni O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qarshi avtomobil maktabida “Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyati tashkiloti, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya, Davlat ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari uchun harbiy-texnik mutaxassislarini II oqim chaqiriluvchilarini qabul qilish va ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi.

Hamkorlikda faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan yoshlar va fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni tarbiyalash borasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish maqsadida Qarshi shahridagi Nuriston akademik litseyi o‘quvchilari hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari va oila a'zolari tadbirga taklif etildi.

“Vatanparvar” tashkiloti o‘quv muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarga harbiy-texnik mutaxassislar tayyorlash rejasiga asosan 2018-2019 o‘quv yilining II-oqimida Qarshi avtomobil maktabi hamda tuman (shahar) Mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan100 nafar chaqiriluvchilar saralab olindi. Saralab olingan chaqiriluvchilardan harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha 4 ta o‘quv guruhlari tuzilgan bo‘lib, bulardan:

1)“VS” toifali haydovchi                       -25 nafar

2)“Radiotelefonist”                              -25 nafar

3)“Dizelchi-elektrik”                              -25 nafar

4)“Aloqa liniya nazoratchisi”                -25 nafar

Tadbirda Mudofaa ishlari boshqarmasidan F.Xusanov, Milliy gvardiyada xizmat qiluvchi kichik serjant R.Boymatov, “Vatanparvar” tashkilotining Qashqadaryo viloyatitashkiloti raisi B.Yazdanov, Qarshi avtomobil maktabi boshlig‘i S.Botirov hamda tashrif buyurgan ota-onalar so‘zga chiqib chaqiriluvchilarning o‘qishlariga va bundan keyingi harbiy xizmatda Vatanga sodiq xizmat qilishlarini vabundan keyingi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tadbirda Milliy gvardiya va chaqiriluvchilarning harbiy ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida Nuriston akademik litsey o‘quvchilari va ota-onalarni Qarshi avtomobil maktabi hayoti va chaqiriluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishtirildi.

Mavzuga oid