O‘zbekiston | 12:16 / 24.03.2021
2463
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniy meros obektlari muhofazasi kuchaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining «Moddiy madaniy meros obektlari va YuNeSKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tashkiliy tuzilmasi;

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti markaziy apparatining boshqa xodimlari umumiy cheklangan soni 40 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi, shuningdek uning hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi;

2021–2022 yillarda moddiy madaniy meros obektlarini aniqlash, hisobini yuritish, muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanish hamda Madaniy meros departamenti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

2021–2030 yillarda O‘zbekiston tomonidan YuNeSKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxati, Jahon xotirasi ro‘yxatiga madaniy va tabiiy meroslarni kiritishni ilgari surish bo‘yicha milliy reja;

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqalar.

Hujjat 4.03.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid