Namanganda kasallangan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytdi - Sog‘liqni saqlash vaziri
Hech bir bolaning ahvoli og‘ir emasligi aytildi.
Namangan viloyati, Chust tumanida doridan zaharlangani taxmin qilinib, shifoxonaga yotqizilgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ma’lum qildi.
«Namanganda zaharlangani aytilgan bolalarning barchasi sog‘ayib, bugungi kunda uyiga qaytarilgan. Hech bir bolaning ahvoli og‘ir emas», deb Kun.uz muxbiri uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, Namanganda bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq holat to‘liq o‘rganib chiqilgan. «Tez orada barcha savollarga javob beriladi».
Avvalroq, Namanganda bolalarning kasallanish holati bilan bog‘liq 450 ta murojaat kelib tushgani, ularning eng ko‘pi — 306 tasi Chust tumaniga to‘g‘ri kelgani, 143 nafari tuzalib, qolganlari esa muntazam nazorat ostida ekani, ahvoli og‘irlar yo‘qligi aytilgan edi.
Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligi Namanganda o‘nlab bolalarning salomatligi yomonlashishiga sabab qilib ko‘rsatilayotgan «Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)» dori vositasi iste’molini laboratoriya xulosalari chiqqunga qadar zudlik bilan vaqtincha to‘xtatib turish haqida topshiriq bergan edi.
Mavzuga oid
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024