Namanganda oxirgi ikki kun mobaynida bolalarning kasallaniş holati bilan boğliq 450 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning eng köpi — 306 tasi Çust tumaniga töğri kelmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirining (SSV) örinbosari Elmira Bositxonova ma’lum qildi.

Respublika işçi guruhi rahbari sözlariga köra, bolalarning zaharlanişi dori yoki ovqatdan ekani tasdiqlanmagan. Ulardan 143 nafari tuzalgan, qolganlari esa muntazam nazorat ostida, ahvoli oğirlar yöq.

«Xavotirlarimiz asosan dori yoki ovqatdan zaharlaniş bilan boğliq edi. Hozirça bu gumonlar tasdiqlangani yöq. Çunki doridan zaharlaniş darrov ayon böladi, taomdan zaharlaniş esa tezkor tahlillarda körinadi. Asosiy taxminimiz ötkir respirator virusli infeksiyalar bilan boğliq. Çunki şifoxonalarga murojaat etganlar orasida taxminan 20 nafari yod preparatini umuman qabul qilmagan. Qolaversa, olingan 46 ta PZR-testdan ikkitasida kovid alomatlari aniqlandi», dedi Elmira Bositxonova.

Vazir örinbosarining ta’kidlaşiça, bolalarda yod yetişmovçiligining oldini oliş böyiça loyihaga bir yil davomida tayyorgarlik körilgan, tanlangan preparat xalqaro sertifikatga ega. Respublika böyiça 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan jami 6,5 million bolaga uşbu dori berilgan.

«Dori qabul qilgan bir oiladagi ikki farzandning biri soğlom holatda, ikkinçisida kasallik alomatlari körinmoqda. Undan taşqari, preparat barça hududlarga bir xil tarqatilgan, Toşkentga alohida, Namanganga alohida yuborilmagan. Hozir şifoxonaga yotqizilgan bolalardan olingan tahlillar mutaxassislar tomonidan örganilmoqda, tahlil natijalarini olganimizdan söng, yana uç-tört kundan keyin aniq bir töxtamga kelişimiz mumkin böladi», dedi Respublika işçi guruhi rahbari.

Avvalroq, Soğliqni saqlaş vazirligi Namanganda önlab bolalarning salomatligi yomonlaşişiga sabab qilib körsatilayotgan «Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)» dori vositasi iste’molini laboratoriya xulosalari çiqqunga qadar zudlik bilan vaqtinça töxtatib turiş haqida topşiriq bergan edi.

Vazir örinbosari Elmira Bositxonova imzosi bilan çiqarilgan xatda soğliğidan şikoyat qilib şifoxonaga yotqizilgan 71 nafar bolaning ahvoli yomonlaşişiga kaliy yodid dori vositasi sabab ekani yozilgan. Şu sababli vazirlik barça hududlardagi boşqarmalarga hukumat qarori bilan tayinlangan kaliy yodid preparati iste’molini zudlik bilan vaqtinça töxtatişni topşiriq bergan edi.