AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
Bu haqda prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi. Ikki tomonlama muzokaralar 14 oy davom etgan.
Prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha AQSh bilan 14 oy davom etgan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan.
«Judayam samarali hafta bo‘ldi, AQSh bilan O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladik.
14 oy davom etgan faol muzokaralar mantiqiy manziliga yetdi!
Bularning barchasi davlatimiz rahbarining ushbu tashkilotga qo‘shilish borasidagi ko‘rsatmalari va qo‘llab-quvvatlashlari, prezidentimiz yordamchilarining islohotlarni faollashtirishdagi sa’y-harakatlari, bir butun JST jamoasining tinimsiz mehnati natijasidir», deya yozdi Urunov o‘zining LinkedIn’dagi sahifasida.
Avvalroq, O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunlagani xabar qilingandi.
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish sari qadamlari
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni 2005 yilda to‘xtab qolgan, 2020 yil iyul oyiga kelib jarayon ishchi guruhning 4-uchrashuvi bilan rasman qayta boshlangan edi. Undan keyin 2022 yil iyun, 2023 yil mart va 2023 yil noyabr oylarida, shuningdek, 2024 yil may oyida ishchi guruh yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Shu bilan jami O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha 8 ta yig‘ilish o‘tkazdi.
May oyidagi yig‘ilishda O‘zbekistonda ilk bor tashkilotga a’zo bo‘lish muddati borasidagi maqsadini e’lon qildi. 2026 yil O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotining 2026 yil Kamerunda bo‘lib o‘tadigan vazirlar konferensiyasiga qadar ushbu tashkilotga a’zo bo‘lib kirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:50
AQSh sudi Maskning siyosiy lotereyasini taqiqlamadi
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30 / 04.11.2024
Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
16:42 / 03.11.2024