Jamiyat | 17:39 / 08.10.2018
79473
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil haydovchisi orqadan kelib, piyodani bosib ketdi. U qo‘lga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizni bosib ketgan «Lasetti» avtomobili ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan videoyozuv tarqaldi. Ushbu hodisa qayerda va qachon sodir bo‘lganligi noma'lum, biroq, bu tasvirlar kuzatuv kamerasidan olingani ko‘rinib turibdi.

Videodan ko‘rish mumkinki, qiz yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Shu bilan birga, orqadan avtomobil kelgan va piyodani bosib ketgan.

Voqeaning ikki guvohi qizga yordam berishga harakat qilgan, avtomashina haydovchisi esa mashinada o‘tiravergan, bu vaqtda qiz avtomobil g‘ildiragi ostida bo‘lgan.

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, u 22 yoshli Mashhura X. bo‘lgan. IIBBdan xabar berishlaricha, qiz mashina bosib ketganidan so‘ng omon qolgan.

«Jabrlanuvchi 16-shahar klinik shifoxonasiga olib ketildi. Haydovchi, 22 yoshli Otabek A. qo‘lga olingan», - deyiladi IIBB xabarida.

Ayni paytda tergov-tezkor guruhi voqea joyida ishlamoqda.

Mavzuga oid