Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda harbiy-vatanparvarlik paradi bo‘lib o‘tdi
Paradda 1200 nafardan ortiq kuch tuzilmalari vakillari, harbiy orkestr jamoalari ishtirok etdi.
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralar harbiy xizmatchilari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik paradi o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.
«Turkiston» san’at saroyi maydonidan boshlangan harbiy-vatanparvarlik paradi Alisher Navoiy, Sharof Rashidov, Islom Karimov ko‘chalari bo‘ylab “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyiga qadar davom etdi.
Mazkur paradda 1200 nafardan ortiq kuch tuzilmalari vakillari, harbiy orkestr jamoalari ishtirok etdi.
“Xalqlar do‘stligi” maydonida esa harbiy orkestr, harbiy ansambl va taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
11:08 / 29.05.2024
Belarusda oddiy qurolli kuchlar haqidagi shartnomani to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun imzolandi
09:42 / 20.09.2023
Belarus Polsha va Chexiya bilan oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomasini to‘xtatdi
14:54 / 29.05.2023