Belarus Polşa va Çexiyaga nisbatan Yevropada oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnomani (YeOQKŞ) töxtatdi. Belarus Taşqi işlar vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan tegişli qonun loyihasi Belarus Respublikasi Vakillar palatasi tomonidan qabul qilindi, deb xabar bermoqda «BelTA» davlat axborot agentligi 19 sentabr, seşanba kuni. U uşbu qarorni «Belarus milliy manfaatlarini ta’minlaş maqsadlari bilan» asosladi.

Amalda, bu Minsk özining oddiy qurollari va jihozlari haqida Varşava va Pragaga ma’lumot bermasligini anglatadi. Bundan taşqari, Belarus Polşa va Çexiyaning uşbu qurollar soni böyiça YeOQKŞ qoidalarida belgilangan çeklovlarga rioya etilişini nazorat qilişi mumkin bölgan tekşiruvlarini qabul qilmaydi. Boşqa davlatlarga nisbatan Belarus YeOQKŞ şartlariga rioya qilişda davom etadi, deya ta’kidlanadi xabarda.

«BelTA»ning eslatişiça, Varşava va Praga 2022-2023 yillarda Minskni Belarusga nisbatan YeOQKŞ bajarilişini töxtatib qöygani haqida xabardor qilgan. Belarus Respublikasi 1969 yil 23 maydagi Xalqaro şartnomalar huquqi töğrisidagi Vena konvensiyasi 60-moddasi 2-bandiga muvofiq javob çoralarini körişi mumkin.

Rossiya may oyida YeOQKŞ’dan çiqişni boşladi 

2023 yil may oyi oxirida prezident Vladimir Putin Rossiya tomonidan YeOQKŞ’ni denonsatsiya qiliş töğrisidagi qonunni imzoladi. Öşanda Rossiya Taşqi işlar vazirligi Rossiyaning şartnomadan çiqiş jarayonini «uning qoidalariga muvofiq» yakunlaş uçun taxminan olti oy vaqt ketişini bildirdi. 

Yevropada oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnoma 1990 yil 19 noyabrda Parijda imzolangan hamda 1992 yil iyul va oktyabr oylarida Rossiya va Belarus tomonidan ratifikatsiya qilingan. YeOQKŞ şartnomasi beş asosiy toifadagi qurol va jihozlarning umumiy soniga çeklovni nazarda tutadi: tanklar, zirhli jangovar maşinalar, artilleriya, hujumkor vertolyotlar va jangovar samolyotlar. Bundan taşqari, şartnomada uşbu majburiyatlarga rioya etilişini tekşiriş mexanizmlari - iştirokçi davlatlar örtasida ma’lumot almaşiş va özaro tekşiruvlar körsatilgan.