1990 yil 19 noyabrda NATO davlatlari va Varşava şartnomasiga a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan Oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnoma iştirokçi davlatlar uçun oddiy qurollar va harbiy texnikalar soni böyiça çegaralarni belgilab bergan. Şartnoma Sovet Ittifoqi parçalanganidan keyin 1992 yil noyabr oyida kuçga kirgan.
2023 yil 10 mayda Putin şartnomani denonsatsiya qilişni buyurdi. 16 may kuni Davlat dumasi denonsatsiya uçun ovoz berdi, 24 mayda esa qonun Federatsiya kengaşi tomonidan ma’qullandi.
Rossiya 2007 yil iyul oyida Oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnomani töxtatdi. 2015 yil mart oyida Rossiya hukumati şartnoma böyiça qöşma maslahat guruhi yiğilişlarida iştirok etişni töxtatişini e’lon qildi.

















