Belarusda oddiy qurolli kuchlar haqidagi shartnomani to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun imzolandi
2022 yil avgust oyida Chexiya Belarusga nisbatan Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatdi. 2023 yil mart oyida Polsha ham xuddi shunday qadam tashlagan.
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani (YeOQKSh) to‘xtatuvchi qonunni imzoladi. Hujjat 29 may, chorshanba kuni respublika Milliy yuridik internet-portalda e’lon qilindi. 5 aprel kuni Belarus parlamentiga YeOQKShni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritilgandi.
2022 yil avgust oyida Chexiya Belarusga nisbatan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish to‘xtatilganligi haqida xabar berdi. 2023 yil mart oyida Polsha ham xuddi shunday qadam tashlagan. Natijada, Belarus Tashqi ishlar vazirligi 1969 yil 23 maydagi Shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasining 60-moddasi 2-bandiga muvofiq javob choralarini ko‘rishga qaror qildi.
2023 yil sentabr oyida Belarus Respublikasi Vakillar palatasi Polsha va Chexiyaga nisbatan Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Ushbu qaror «Belarus Respublikasining milliy manfaatlarini ta’minlash» bilan asoslangan.
Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma
1990 yilda Parijda Varshava shartnomasi tashkiloti (VShT)ning oltita davlati, shu jumladan SSSR, shuningdek, NATOning 16 ta davlati tomonidan Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. Hujjat Belarus tomonidan ratifikatsiya qilingan va 1992 yilda kuchga kirgan.
YeOQKSh jangovar tanklar va zirhli transport vositalari, artilleriya bo‘linmalari, hujumkor vertolyotlar va jangovar samolyotlarning ruxsat etilgan sonini, shuningdek, majburiyatlarga rioya etilishini tekshirish mexanizmlari (ma’lumot almashish)ni tartibga soladi.
1999 yilda Istanbulda bo‘lib o‘tgan YeXHT sammitida VShTning tarqatib yuborilishi va NATO kengayishi fonida YeOQKSh shartnomasini moslashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. NATO davlatlari bu hujjatni ratifikatsiya qilmagan. Shu munosabat bilan, 2007 yilda Rossiya shartnomadagi ishtirokini to‘xtatdi va 2023 yil 7 noyabrda undan chiqdi.
Shundan so‘ng, 2023 yil noyabr oyida NATO Shimoliy Atlantika kengashi shartnomada ishtirok etuvchi ittifoq davlatlarining uning amal qilishini to‘xtatish niyatini e’lon qildi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
Jahon | 23:41 / 22.01.2025
-
AQSh janubida qor bo‘ronlari sabab birinchi marta favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 23:19 / 22.01.2025
-
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Mavzuga oid
19:36 / 22.01.2025
Yevroparlament Belarusdagi saylov natijalarini tan olmaslikka chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
23:10 / 21.01.2025
Lukashenko Belarusda internetni cheklamaslikka va’da berdi
15:20 / 18.01.2025
Lukashenko 23 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
09:21 / 18.01.2025