Jahon | 08:43 / 06.01.2016
24473
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: KXDR vodorod bombasi sinovi muvaffaqiyatli o‘tganini tasdiqladi

Foto: © RIA Novosti

Shimoliy Koreya vodorod bombasi sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani tasdiqlandi. Bu haqda RIA “Novosti” OAV ma'lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Bundan avvalroq esa Shimoliy Koreyaning Yangando provinsiyasidagi Pxungeri yadro poligonida yer osti silkinishi qayd etilgani xabar qilingan edi. Janubiy Koreya meteoxizmati xabariga ko‘ra, zilzila sun'iy xarakterga ega bo‘lib, uning magnitudasi 4,2 ballni tashkil etgan.

Ryonhap ma'lumotiga ko‘ra, Koreya Respublikasi prezidenti ma'muriyati vaziyatni, jumladan, yadro quroli sinovi o‘tkazilgani ehtimolini o‘rganmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid