Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Odnoklassniki” O‘zbekistonda yangi messenjerni ishga tushiradi
Yaqin oylarda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i “OK Xabarlar” nomli o‘z messenjerini ishga tushirishni rejalashtirgan. Messenjer mobil uskunalar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda rewiev.uz xabar bermoqda.
Loyiha mualliflarining so‘zlari bo‘yicha, messenjer deyarli barcha vazifalarni bajara oladi. Unda shaxsiy va guruhli suhbatlar, suhbatlarga telefon aloqalar kitobidan tanishlarni taklif etish, fayllar (jumladan, foto-, audio-, videofayllar) almashish imkoniyati mavjud. Barcha suhbatlar smartfonning o‘zida saqlanadi. Internetga ulanmagan paytda yozilgan xabarlar, tarmoqqa ulangan zahoti avtomatik tarzda yuboriladi.
Messenjer orqali audio- va videoaloqa o‘rnatish funksiyasi bor-yo‘qligi hali aniq emas. Shuningdek, xabarlarni shifrlash to‘g‘risida ham ma'lumot berilmagan.
Xizmat bepul va reklamalarsiz taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i matbuot kotibi Anastasiya Jbanovaning so‘zlariga ko‘ra, "Android” uchun mo‘ljallangan ushbu messenjer ayni paytda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Bolgariyada sinovdan o‘tkazilmoqda. "iOS” uchun esa faqatgina O‘zbekistonda tajriba qilinmoqda. Rossiya bozoriga messenjer ikki oy davomida chiqishi mumkin.
“OK Soobshcheniya” foydalanuvchilari rus tilidan tashqari, ingliz, o‘zbek va tojik tillarida muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:20 / 27.12.2023
Qashqadaryoda “Odnoklassniki.ru” saytidagi postlarga layk bosgan yigitga chora ko‘rildi
14:44 / 10.06.2023
Navoiylik keksa ayol 5 yil oldin diniy ma’ruzaga “klass” bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan cheklandi
10:15 / 11.12.2020
«Odnoklassniki» guruhlar uchun donatlarni qabul qilish xizmatini ishga tushirdi
13:41 / 22.10.2020