Jahon | 17:08 / 05.05.2016
2456
2 daqiqa o‘qiladi

22 may kuni Turkiyada hukmron partiyaning navbatdan tashqari qurultoyi o‘tkaziladi

Turkiyada hukmron partiya hisoblanuvchi Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdan tashqari qurultoyi 22 may kuni o‘tkaziladi. Bu haqda hukumat vakiliga asoslangan holda Reuters agentigi xabar tarqatgan.

Bu ma'lumot mamlakat bosh vaziri Ahmet Dovuto‘g‘lining iste'foga chiqishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida paydo bo‘ldi.

4 may kuni mahalliy nashrlarda Adolat va taraqqiyot partiyasining navbatdan tashqari qurultoyi o‘tkazilishi va shu bilan birga Ahmet Dovuto‘g‘li bu lavozimga o‘z nomzodini ko‘rsatmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bugun NTV telekanali o‘z manbalariga asoslangan holda, Ahmet Dovudo‘g‘lining 5 may kuni o‘z iste'fosini e'lon qilishi xaqida xabar qildi.

Bosh vazirning iste'foga chiqishi haqidagi xabarlar tufayli turk lirasi keskin ravishda qadrsizlangan.

Ahmet Dovuto‘g‘li 2014 yildan beri Turkiya bosh vaziri lavozimini egallab keladi. So‘nggi vaqtlarda Erdo‘g‘an va Dovuto‘g‘li o‘rtasida kurdlar muammosi hamda hukumatni tanqid qiluvchilarni ta'qib qilish masalalari borasida ziddiyatlar yuzaga kelgan. Shuningdek, siyosatchilar migratsiya muammosi masalasida qarama-qarshi fikrlarda bo‘lib kelishmoqda.

Ekspertlarning fikricha, agar Dovuto‘g‘li iste'foga chiqadigan bo‘lsa, uning o‘rniga keladigan bosh vazir Erdo‘g‘an yuritayotgan siyosatga qarshi borishi va oz bo‘lsada mustaqil siyosat yurita olishi dargumon bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid