Turkiya boş vaziri Ahmad Dovudöğli bugun, 5 may kuni iste'foga çiqqani haqida e'lon qilişi mumkin. Bu haqda öz manbasiga asoslangan holda NTV xabar tarqatgan.
Manbaning ma'lumotiga köra, Dovudöğli hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining kengaşi yiğilişidan keyingi matbuot anjumani vaqtida öz iste'fosi haqida ma'lum qiladi. Şuningdek, bu haqda matbuot anjumanisiz ma'lum qilinişi ehtimoli mavjud.
Bundan oldinroq, boş vazirning 2 haftadan keyin, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining 21 mayga belgilangan navbatdan taşqari s'yezdi yakunida iste'foga çiqişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Ahmad Dovudöğli 2014 yildan beri Turkiya boş vaziri lavozimini egallab keladi. Erdöğon va Dovudöğli Yevroittifoq bilan migratsiya inqirozi böyiça bitim tuzilayotgan vaqtda kelişmay qoldi. Uning ketişi bitim amalga oşişini gumon ostida qoldiradi.











