Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Pokiston Rossiya va Xitoydan qiruvchi samolyotlar xarid qilishi mumkin
Pokiston hukumati avval rejalashtirilganidek AQShdan emas Rossiya va Xitoydan quruvchi samolyotlar xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Financial Times xabar yozgan.
Nashrning eslatishicha, fevral oyida AQSh Pokiston bilan F-16 rusumidagi 8ta harbiy samolyot savdosi bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Bu xarid qiymati 270 mln dollarga baholangandi. Taxmin qilinishicha, bu orqali AQSh pokistonliklarga imtiyozli narxlar taqdim etgan.
Lekin 2 may kun AQSh Davlat departamenti imtiyozlar bekor qilingani haqida bildirdi. Bu esa Pokiston qiruvchi samolyotlar uchun 700 mln dollardan ortiq mablag‘ to‘lashi kerakligini anglatadi.
3 may kuni Pokiston bosh vazirining Milliy xavfsizlik va xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sartaj Aziz agar AQSh tomoni hech qanday imtiyozlar taqdim etmasa, boshqa yetkazib beruvchiga murojaat qilinishi haqida ma'lum qildi.
FT nashrining Pokiston TIVdagi yuqori martabali a'yoniga asoslanib xabar berishicha, mamlakat Rossiyadan Su-35 qiruvchilari hamda Xitoydan J10 va J20 rusumli harbiy samolyotlarini xarid qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Mavzuga oid
21:12 / 04.04.2026
Xitoy va Pokiston Eron urushida vositachi bo‘lmoqchi. Ular nimani taklif qildi?
15:00 / 04.04.2026
Pokistonda energiya inqirozi: hukumat shoshilinch choralarga o‘tdi
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
17:49 / 01.04.2026