Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JARda eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
Italiyaning Enel energokompaniyasining Janubiy Afrika Respublikasidagi (JAR) filiali Enel Green Power RSA JARdagi eng katta quyosh elektr stansiyasi – Paleisheuwel‘ni ishga tushirdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, 82,5 MVt quvvatga ega elektr stansiyasi yiliga 153 GVt elektr energiya ishlab chiqara oladi. Shuningdek, u 48 mingta oilaning elektr energiyaga ehtiyojini ta'minlay oladi hamda atmosferaga 140 ming tonnadan ko‘proq karbonat angidrid chiqarilishiga barham beradi.
Enel Green Power RSA JARda shuningdek 10 MVt lik Upington quyosh elektr stansiyasini ham boshqaradi. Bundan tashqari, kompaniyaning umumiy quvvati 430 MVt lik loyihalari qurilish bosqichida turibdi, ular orasida 3 ta quyosh elektr stansiyasi va 2 ta shamol parki bor.
Mavzuga oid
13:57 / 21.12.2025
JARdagi barda otishma. O‘nga yaqin kishi halok bo‘lgan
10:41 / 28.11.2025
Vashington–Pretoriya mojarosi: Tramp JARni G20 Mayami sammitidan chetlatmoqchi
21:27 / 06.11.2025
JAR prezidenti Ukrainada jang qilayotgan janubiy afrikaliklar Donbassda tuzoqqa tushganini aytdi
07:53 / 23.09.2025