Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livandagi prezidentlik saylovi muddati yana bir bor ortga surildi
Livan parlamentida kvorum (ko‘pchilik) bo‘lmagani bois, parlament spikeri Nabix Berri davlat rahbarini saylash muddatini 2 iyunga tayinladi. Bu haqda "Naxarnet" internet-portali xabar qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, parlamentning davlat rahbarini saylash bo‘yicha 39-sessiyasida 41 nafar deputat ishtirok etgan. Prezidentni saylash uchun esa parlamentning kamida 86 nafar a'zosi qatnashishi talab etiladi.
Mamlakat, sobiq davlat rahbari Mishel Sulaymonning prezidentlik muddati poyoniga yetgan 2014 yil mayidan beri siyosiy inqirozdan qutila olmayapti. Livan konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament tomonidan saylangan nasroniy-maronit prezident bo‘la oladi xolos. Maronitlar katolik cherkovi tarkibiga kirib, ularning aksari Livanda istiqomat qiladi. Mamlakat aholisining 25 foizi ushbu din vakillari hisoblanadi.
Bugungi kunda esa, Livan parlamenti g‘arbparast va suriyaparast teng ikki guruhga bo‘lingan. Livan davlat rahbarligi uchun asosiy nomzod general Mishel Aun bo‘lib, u shialar guruhi "Hizbolloh"ning ittifoqchisi hisoblanadi. Uning bosh raqibi "14 mart" g‘arbparast blokining nomzodi Samir Jaajaa hisoblanadi. Uni "Al-Mustakbal" sunniy partiyasi qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
18:52 / 10.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning 10 kuni: qancha inson halok bo‘ldi?
17:31 / 09.03.2026
Isroil Livanda 40 yil oldin yo‘qolgan uchuvchisi jasadini qidirib reyd o‘tkazdi. O‘nlab kishilar halok bo‘ldi
12:22 / 09.03.2026
Livan va Eronda hujumlar qurbonlari soni qariyb 1600 nafarga yetdi
19:33 / 08.03.2026