O‘zbekiston | 17:49 / 13.05.2016
42454
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi-domlalari talabalardan pora olmaslikka va'da berdi

Respublika Bosh prokuraturasi xodimlari hamda Toshkent shahrida joylashgan oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi-domlalari o‘rtasida xalq ta'limi sohasidagi korrupsiya mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat yakunida pedagoglar talabalardan pora olmasliklarini bildiruvchi kafolat xati yozib berishdi.

Prokuratura xodimlari o‘qituvchilar tomonidan pora olib qo‘lga tushgan va buning oqibatida jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bir qancha aniq misollar keltirishdi. Bundan tashqari, Bosh prokuraturaga shu masala yuzasidan talabalarning o‘zlari yoki ularning ota-onalari tomonidan shikoyatlar kelib tushgan. Ilgari talabalar bu haqda anonim tarzda xabar berishayotgan bo‘lsa, hozirda ular shikoyatni ochiq berishyapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid