Jahon | 23:27 / 14.05.2016
39871
1 daqiqa o‘qiladi

Pokiston bosh vaziri Turkiya prezidenti qizining to‘yida mehmon bo‘ldi

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning kenja qizi Sumayoning Istanbulda o‘tgan to‘yida ishtirok etdi. Bu haqda  Samaa.TV xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, to‘yda, shuningdek, Erdo‘g‘anning rafiqasi va qolgan uch farzandi ham ishtirok etgan. 

To‘y Qur'on tilovat qilishdan boshlangan. To‘yga yig‘ilgan 6 ming kishi orasida Turkiya sobiq bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu, bosh shtab boshlig‘i Xulusi Akar, mamlakatning sobiq prezidenti Ahmad Gul ham bo‘ldilar.

RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Sumayo Erdo‘g‘an yirik mudofaa-sanoat korxonasining rahbari Selchuk Bayroqdorga turmushga chiqqan.

Mavzuga oid