Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Muhammad Alini dafn etish marosimida ishtirok etmaydi
Oq uy vakili Jon Fridmanning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Barak Obama juma kuni afsonaviy bokschi Muhammad Alining dafn marosimida ishtirok etish uchun Luisvillga bormaydi.
«Prezident bu vaqtda rafiqasi bilan birga Vashingtonda qizi Maliyaning bitiruv oqshomida bo‘ladi», — degan u.
Uning aytishicha, Obamaning eng yaqin yordamchilaridan biri dafn marosimi vaqtida prezident va birinchi xonim nomidan yo‘llangan xatni o‘qib beradi.
Eslatib o‘tamiz, 74 yoshli Muhammad Ali 3 iyun kuni Amerikaning Finiks shahridagi kasalxonalardan birida vafot etdi.
Shifoxonaga bokschi nafas olish bilan bog‘liq muammolar tufayli yetkazilgan edi.
Marosmida Uill Smit va Lennoks Lyuis Muhammad Alining tobutini ko‘tarib boradi. Marhum bilan vidolashuv marosimida uning tobutini, bokschining yaqinlari va qarindoshlaridan iborat 8 kishi ko‘tarib boradi. Uning tobuti 5 iyun kuni ona shahri Luisvill (Kentukki shtati)ga keltirilgan edi. 10 iyun kuni dafn marosimi bo‘lib o‘tadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn Husayn ushbu dafn marosimiga boradi.
Bundan oldinroq Nyu-York ko‘chalaridan biriga vaqtinchalik Muhammad Ali nomi berilgani to‘g‘risida xabar qilingandi.