Afsonaviy boksçi Muhammad Ali 3 iyun kuni AQŞning Feniks şahridagi şifoxonalardan birida 74 yoşida olamdan ötdi. U nafas oliş yölidagi muammolar sabab şifoxonaga yotqizilgan edi.
Uning vafotini sportçining oila a'zolari tasdiqlagan.
«Muhammad Ali 32 yil davomida Parkinson xastaligiga qarşi kuraşdi. U 74 yoşida hayotdan köz yumdi. Uç karra jahon çempioni endi oramizda yöq», – dedi marhumning rasmiy vakili Bob Gannell.
Avvalroq uning ölim töşagida yotgani haqida ma'lum qilingan edi.
Professional faoliyati davomida Muhammad Ali 61ta jang ötkazib, 56 tasida (şulardan 37tasida nokaut bilan) ğalaba qozonib, 5 tasida mağlubiyatga uçragan. U 1960 yilgi Olimpiada çempioni bölgan. 1999 yilda Ali «Asrning eng yaxşi sportçisi» deb tan olingandi.







