Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keep Calm original plakati 28.000 dollarga sotiladi
Ikkinchi jahon urushi oldidan chop etilgan Keep Calm and Carry On (Jimlik saqlang va xuddi shunday davom eting) original plakati Buyuk Britaniyada 21,2 ming funt sterlingga (28 ming dollar) sotiladi. Poster Londonda har yili o‘tkaziladigan san'at va antkvariat ko‘rgazmasida sotuvga qo‘yiladi. Bu haqida The Guardian nashri xabar qildi.
Bugungi kunga kelib, dunyoda Keep Calm'ning 20tadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi saqlanib qolgan bo‘lib, ular 2000 yilda Barter Books foydalanilgan kitoblar do‘konidan to‘satdan topib olingan. Deyarli barcha adad - taxminan 2,5 million nusxa - urush yillarida qayta ishlashga jo‘natilgan. Mazkur tashviqot plakatlari hech qachon ko‘zlangan maqsad yo‘lida ishlatilmagan.
Keep Calm posterlari 1939 yilning yozida chop etilgan: Buyuk Britaniya hukumati Yevropada taranglik oshib borayotgan bir vaziyatda xalqni tinchlantirishga harakat qilgan. Plakatlardagi yozuvni qirol toji bezab turibdi - ushbu murojaat Georg VI'dan Britaniya fuqarolariga qaratilgan.
2000 yillar boshida ushbu posterlar topilganidan keyin Keep Calm and Carry On jumlasi butun dunyo bo‘ylab turli variantlarda keng ommaga tarqaldi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026