Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Istanbuldagi teraktlarga o‘z fuqarosi aloqadorligini inkor etmoqda
Qirg‘iziston tomonining ma'lum qilishicha, Istanbuldagi Otaturk aeroportida sodir bo‘lgan teraktlarda qirg‘iz fuqarolari ishtirok etmagan. Bu haqida TASS xabar tarqatdi.
"Respublikamizning Turkiyadagi konsulligi xodimlari Istanbul politsiyasining terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan bog‘lanib, u yerda Otaturk aeroportidagi teraktlarda Qirg‘iziston fuqarolari ishtirok etmaganiga rasman ishonch bildirishdi", - deya xabar berildi Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmatida.
Matbuot xizmati aeroportga hujum uyushtirgan terrorchilar orasida avval Qirg‘iziston hududida yashagan biror kimsa haqida ma'lumot yo‘qligini xabar qildi.
Bundan oldinroq bir qator yetakchi nashrlarda Istanbuldagi terakt ijrochilari Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
12:20 / 04.06.2026