Jahon | 11:08 / 01.07.2016
10666
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp IShIDga qarshi kurashga NATOni jalb etish niyatida

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning fikricha, IShIDga qarshi kurashga, AQSh harbiy kuchlari zimmasidagi majburiyatni kamaytirish uchun NATO kuchlarini jalb etish kerak. 

«Biz IShIDga kuchli zarba beryapmiz, bu to‘g‘ri. Ammo, buning uchun NATOdan foydalanish kerakdir, balki», — deya Tramp so‘zlarini keltirgan TASS agentligi. U prezident bo‘lsa, IShIDga qarshi qanday kurash olib borishi to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, shunday fikrni bildirgan. Trampning aytishicha, bu AQSh kuchlarini tejash imkonini bergan bo‘lur edi. 

«Men Qo‘shma Shtatlar bunga chuqurroq kirishini xohlamagan bo‘lardim. Men NATO ishtirokini istayman. Biz NATOga ham katta mablag‘ ajratamiz. Shu bilan o‘zlarini iqtisodiy jihatdan ta'minlay olishini iddao etadigan davlatlar borasida ham qayg‘urmoqdamiz», — degan milliarder siyosatchi. 

Avvalroq, Tramp Shimoliy Atlantika harbiy al'yansini «eskirgan va AQSh uchun juda qimmatga tushadigan» tashkilot deb bir necha marotaba ta'kidlagan edi. 

Mavzuga oid