Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chex respublikasi rasman Chexiya bo‘ldi
Chex respublikasi ingliz tilida rasmiy muqobil nomga ega bo‘ldi — Czechia. Bu so‘z "Chexiya" talaffuziga yaqin turadi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi mamlakat TIV bayonotiga asoslangan holda.
Avvalroq, mazkur qaror Chexiya hukumati tomonidan tasdiqlangan edi. Davlat rahbari Milosh Zeman, bosh vazir Boguslav Sobotk, parlamentning ikkala palatasi spikerlari hamda hukumatning bir qator namoyondalarining qo‘shma bayonotida "mamlakatning xorijiy tildagi bitta so‘zdan iborat nomini, uning rasmiy nomini ishlatishga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda qo‘llash" tavsiya etilgan.
Xabarlarga ko‘ra, Czechia’ning inglizcha ko‘rinishidan tashqari, mamlakatning fransuz, rus, nemis, arab va xitoy tillaridagi yagona nomiga oydinlik kiritilgan.
Chexiya tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, muqobil nomdan foydalanishni "talab qilmaydi" balki uni xohishga qarab qo‘llashga yo‘l qo‘yadi.
Mavzuga oid
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
10:25 / 19.01.2026
O‘zbekiston, Polsha va Chexiya agrosohada hamkorlikni kengaytiradi
09:31 / 03.01.2026
Chexiyada Ukraina masalasi sabab parlament spikerini ishdan olish talab qilindi
07:47 / 23.12.2025