Jahon | 16:55 / 04.07.2016
8311
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Facebookni maxluqqa aylanib borayotganlikda aybladi

Isroil jamoat xavfsizligi vaziri Gilad Erdanning fikricha, Falastin xalqi bilan to‘qnashuvlarda qisman bo‘lsa-da, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ham aybi bor, deb xabar qilmoqda Re/Code nashri.

«Qurbonlar uchun javobgarlik qisman Facebook zimmasida. U maxluqqa aylanib ulgurdi. Falastinning yosh avlodi turli chaqiriqlarni o‘qib, so‘ngra Facebookdagi muhokamalardan ilhomlanib, o‘z jonlariga qasd qilishadi», — deb bayonot bergan Erdan.

Facebook tarmog‘i rahbariyati esa, o‘z navbatida xavfsizlik tashkilotlari bilan tezkor hamkorlikni qayd etib, ijtimoiy tarmoq doirasida zo‘ravonlik va bevosita tahdidlarga yo‘l qo‘yilmasligini qo‘shimcha qilgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid