Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
4 iyul kuni Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoy chegarasida 5,1 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston ta'lim vazirligi qoshidagi seysmologiya ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi ma'lum qilgan.
"Zilzila epimarkazi Olma-ota shahridan 497 km janubiy-g‘arbda, Qirg‘iziston, Tojikiston va Xitoy chegarasida yuz berdi", — deyiladi ma'lumotda.
Yer osti silkinishlari Olma-ota vaqti bilan 08:24 da (Toshkent vaqti bilan 07:24) kuzatilgan. Zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchilik haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Mavzuga oid
17:45 / 13.05.2026
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston sug‘orish suvini yetkazish jadvalini kelishib oldi
07:40 / 07.05.2026