Jahon | 12:03 / 07.07.2016
5562
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshdagi portlash natijasida besh kishi jarohatlandi

Bangladeshda bomba portlashi natijasida kamida besh nafar kishi, jumladan, politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, portlash poytaxt Dakkadan 117 km shimoli-sharqda joylashgan Kishorganj shahrida bo‘lgan. Qurilma musulmonlarning muqqaddas Ramazon oyi so‘nggida o‘qiladigan Iyd al Fitr namozi ado etilayotgan payt ishga tushirilgan.

Portlashni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Foto: ibtimes.co.in

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid