Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO 2017 yil Afg‘onistonda 12 ming askarini qoldirishni rejalashtirmoqda
NATO 2017 yilda Afg‘onistondagi ishtirokini taxminan hozirgi ko‘rsatkichini – 12 ming askarni saqlab qoladi, deya ma'lum qildi alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi.
“Askarlar soniga oid aniq ma'lumotlarni aytishga xali erta. Biroq bugungi uchrashuv natijalariga asoslanib, aytishimiz mumkinki, 2017 yildagi qurolli kuchlar soni 2016 yilda qanday ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qoladi – bu taxminan 12 ming askar degani”, - dedi Stoltenberg jurnalistlarga.
“Aniq raqamlarni biroz keyin ma'lum qilamiz, qaror kuzda qabul qilinadi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
09:10
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
08:34 / 07.04.2026
Kobulda Markaziy Osiyo va Afg‘oniston ilk muloqoti o‘tkazildi
00:22 / 06.04.2026
Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi
21:22 / 03.04.2026