Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:44 / 13.07.2016
11456
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Bag‘dodning shimolida minalashtirilgan avtomobil portlab ketdi
Foto: EPA
Iroq poytaxtining shimoliy qismida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqida Sky News Arabia telekanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, xudkush-terrorchi Bag‘dodning Ar-Rashidiya tumanida minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan. Jabrlanganlar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q.
12 iyul kuni xuddi shunday portlash Ar-Rashidiya bozorida amalga oshirilgan. Buning natijasida 9 nafar kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ortig‘i jarohat oldi.
Arab respublikasidagi birorta ekstremistik guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish