Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona tekshiruvida noqonuniy olib o‘tilishi rejalashtirilgan o‘yinchoqlar aniqlandi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan Toshkentda faoliyat yuritayotgan korxonalardan birining nomiga xorijdan temir yo‘l konteynerida keltirilgan yuklar o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, mazkur tovarlarga tegishli bojxona yuk deklaratsiyasi va yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida qayd qilinmagan, qiymati salkam 4,5 mln. so‘mlik 6 turdagi 504 dona bolalar o‘yinchoqlari yashirin ravishda olib kirishga urinilgan aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur postda aniqlangan shunga o‘xshash yana bir holatda esa, yakka tartibdagi tadbirkor nomiga xorijdan keltirilgan yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unda bojxona yuk deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda qayd qilingan miqdoridan ortiqcha bo‘lgan 37,1 mln so‘mlik 3903 dona bolalar o‘yinchoqlari olib kirilgani fosh bo‘ldi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona surishtiruvlari va tekshiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026