Jahon | 13:31 / 14.07.2016
3291
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada yangi jamg‘arma tashkil etiladi

Foto: Vladimir Groysman / Facebook

Ukraina hukumati Energiya samaradorligi jamg‘armasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi, u shu yilgi isitish mavsumidan keyin kuchga kiradi, deb ma'lum qilgan mamlakat bosh vaziri Vladimir Groysman.

"Ukraina hukumati majlisida mamlakatning energiya samaradorligiga qaratilgan ikkita qaror qabul qilindi, ulardan biri maxsus jamg‘arma faoliyatiga oid tushunchalar to‘plamidir", -deb yozgan bosh vazir Facebookdagi sahifasida.

Groysmanning uqdirishicha, Jamg‘armaning strategik vazifasi, energiya iste'moli va zaxiralarini hisobga olishni Yevropa me'yorlariga yaqinlashtirishdan iboratdir. Bu o‘z navbatida, "ukrainlarning turarjoylarni isitish xarajatlarini kamaytirish, subsidiyalarni tejash, kichik va o‘rta biznesda 75 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi".

"Ikkinchi qaror - 2026-yilgacha gidroenergetikani rivojlantirish dasturi ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mamlakat elektr energiyasi ishlab chiqarish tuzilmasida gidroenergetika ulushini 15,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan", - deb qo‘shimcha qilgan Ukraina hukumati rahbari. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid