Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruanda termasi Olimpiada bayrog‘ini genotsid jabrdiydasi olib boradi
Velosipedchi Adriyen Nionshuti ikkinchi marotaba Ruanda olimpiya terma jamoasining bayrog‘ini olib yurish sharafiga sazovor bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Insidethegames.
29 yoshli sportchi Olimpiya o‘yinlarining Rio-de-Janeyro shahridagi ochilish marosimida Vatani bayrog‘ini maydonga ko‘tarib chiqadi. U, 2012-yilgi London Olimpiadasi ochilishida ham milliy jamoaning bayrog‘ini ko‘tarib yurgan edi.
Nionshuti 1994-yili Ruandada bo‘lgan genotsid chog‘ida tirik qolgan, uning 6 nafar aka-ukasi halok bo‘lgandi. O‘shanda, bir yildan kamroq vaqt ichida xutu va tutsi qabilalari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlarda, BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 800 mingga yaqin inson o‘ldirilgan edi.
U, Braziliya Olimpiadasida, ochilish marosimidan keyingi kun, 6-avgustda bo‘lajak shosse velopoygasida Ruanda sharafini himoya qiladi.
2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari Rio-de-Janeyro shahrida 5-dan 21-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:38 / 10.06.2026
“Yo‘l yurish qimmat va xavfli” - G‘azo ko‘chalaridan reportaj
21:08 / 09.06.2026
Dunyoda mojarolar soni Ikkinchi jahon urushidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi - tadqiqot
09:30 / 25.03.2026
Rossiya Jinoyat kodeksiga “sovet xalqi genotsidi” bo‘yicha yangi moddalar kiritilmoqda
19:47 / 25.12.2025