Jahon | 17:11 / 20.07.2016
4570
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh HDK Janubiy Xitoy dengizida amaliyot o‘tkazishni davom ettiradi

AQSh harbiy dengiz kuchlari Janubiy Xitoy dengizida xalqaro qonunlar doirasida amaliyot o‘tkazishni davom ettiradi, deya bayonot bergan HDK shtabi boshlig‘i admiral Jon Richardson, Xitoy harbiy bazasiga tashrifi chog‘ida. 

"AQSh HDK, xalqaro qonunchilik me'yorlariga muvofiq, barcha qatori bizga ham birdek kafolatlangan, dengiz va havo kengliklaridan foydalanish borasidagi huquq va erkinliklarimizni himoya qilish uchun amaliyotlarni butun dunyo bo‘ylab o‘tkazishda davom etadi. Bu qoida o‘zgarmaydi", — deya Richardson so‘zlarini keltiradi Reyter agentligi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid