Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat raqobat qo‘mitasi raisi Janubiy Koreya elchisini qabul qildi
Davlat raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov Janubiy Koreyaning Favqulodda va Muxtor elchisi janob Kvon Yong-u bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Davron Hidoyatov mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, unda xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini yuksaltirish hamda davlat ishtirokini qisqartirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining faoliyati, o‘rni va vazifalari haqida so‘z yuritdi.
Tomonlar davlat organlari va yetakchi koreys kompaniyalari vakillari bilan o‘tkaziladigan uchrashuv va muzokaralarning natijalari muhim ahamiyat kasb etishini mamnuniyat ila ta'kidlashdi.
Uchrashuv va anjumanlarni o‘tkazish chog‘ida erishilgan kelishuvlar iqtisodiyotning turli sohalarida muhim loyihalarni amalga oshirishda ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq va samarali hamkorlikning ajralmas qismiga aylanganligi alohida ta'kidlandi.
Shuningdek Qo‘mita va Koreya Respublikasi tashkilotlari o‘rtasidagi turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikning rivojlanishi ikki mamlakat manfaatini ko‘zlashi bildirildi.
Uchrashuv yakunida Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon-u o‘tkazilgan qabul uchun minnatdorchilik bildirib, uning natijalaridan mamnun bo‘lganligini aytdi. Shu bilan birga u Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi uchrashuv va anjumanlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
23:05 / 28.11.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi. Pullar nimaga ishlatilgan?
22:06 / 27.11.2025
Oltin narxining oshishi yoki tushishi: bu O‘zbekiston uchun qay darajada ahamiyatli?
21:10 / 20.11.2025
O‘zbekistonga Polsha biznes doiralaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi
22:17 / 15.11.2025