Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tayvandagi avtobus fojiasiga qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda
Foto: EPA
Tayvanda 26 kishining avtobus ichida tiriklayin yonib ketishiga, transport vositasining elektr tarmog‘idagi nosozligi va qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. "Sina" axborot portalining xabariga ko‘ra, maxsus tergov komissiyasi shunday xulosaga kelgan.
Tergovchilar transport vositasini ko‘zdan kechirishgach, alanga o‘chog‘i haydovchi o‘rindig‘ining ortida bo‘lganini aniqlashgan. Ular, kuygan saqlagichni topishgan. Bundan tashqari, akkumulyator va boshqaruvning elektron bloki o‘rtasidagi simlar erigan.
Tergovchilarning fikricha, ayni shu sababli, halokat chog‘ida eshiklarni ochish tugmasi ishlamay qolgan. Komissiya shuningdek, haydovchi o‘limidan avval, is gazidan zaharlanib hushidan ketganini aniqlagan. Shu bois, u yo‘lovchilarni qutqarishga yordam bera olmagan.
Tayvanda sayyohlik avtobusi ishtirokidagi yirik YTH sodir bo‘ldi
Mavzuga oid
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026
O‘zbekistonda 3 oyda YTH oqibatida 346 kishi halok bo‘ldi – IIV
21:09 / 11.04.2026
«Qamchiq» dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
16:08 / 07.04.2026